Bolaning tabiati, xulq-atvori oiladagi muhitga bogʻliq, deyishadi. Ammo ota-onalarining nazoratisiz qolgan oʻsmirlar nobop kimsalarga ergashib ketishi ham mumkin. Navbahor tumanilik 2000-yilda tugʻilgan M.N mahallasidagi 3 nafar bolani jinoyatga boshladi. U oʻz mahalladoshining chorva moliga koʻz olaytirdi. Payt poylab, fuqaroning hovlisidan tashqaridagi tomorqasida turgan bozor narxi 6 mln. soʻmlik bir bosh qoramolini haligi bolalar koʻmagida oʻgʻirlab, koʻzdan gʻoyib boʻlishdi. 

Moli sirli ravishda yoʻqolib qolganini payqagan fuqaro darhol tuman IIBga murojaat qildi. Xodimlar “Ajdar” laqabli xizmat iti yordamida mol oʻgʻrilarini topishdi. Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.