Samarqand viloyati IIB boshligʻi, viloyat uchinchi sektor rahbari tomonidan fuqarolarning muammolarini oʻrganish yuzasidan navbatdagi qabul oʻtkazildi, deya xabar qiladi viloyat IIB Axborot xizmati. 

Oʻtkazilayotgan har bir uchrashuvda fuqarolar hayotida uchraydigan muammolarga barham berish, ularni qiynab kelayotgan masalalarni ijobiy hal qilish, shuningdek, xalqni rozi qilishdek ezgu ishlarni amalga oshirishga bosh maqsad sifatida qaralmoqda.

Qayd etilishicha, bu galgi qabulda ham firibgarlik, oʻgʻrilik jinoyatlarini qurboniga aylangan, ishga kirish istagida boʻlgan, shuningdek, oilaviy janjaldan aziyat chekayotgan yigirmaga yaqin fuqarolarning murojaatlari atroflicha oʻrganildi.

Boshqarma boshligʻi har bir murojaatni chuqur tahlil qilgan holda, qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga aniq topshiriqlar berdi va ularning ijrosini oʻz nazoratiga oldi.

Gulnoza TURGʻUNBOYEVA, 

«Postda» muxbiri.

Samarqand viloyati.