Jizzax viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasiga qarashli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi, Jizzax shahar IIB hamda Xalq taʼlimi boʻlimi xodimlari oʻrta umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining qishki taʼtilini mazmunli tashkil etish choralarini koʻrmoqdalar. Chunonchi, ichki ishlar organlari tashabbusi bilan shahardagi 19, 20, 29-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida futbol va shaxmat-shashka boʻyicha musobaqa, kitobxonlik tanlovi hamda “Zakovat” intellektual oʻyinlari tashkil etildi.
Shuningdek, bozorlar va boshqa gavjum joylar hamda kompʼyuter markazlarida reydlar uyushtirilib, oʻquv muassasalaridagi toʻgaraklar faoliyati oʻrganilmoqda. Nazoratsiz yurgan bolalar aniqlanib, toʻgaraklarga jalb qilish choralari koʻrilayotir.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
