Xorazm viloyati IIB JXX YHXBda joriy yilning 9 oyi sarhisobiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat IIB JXX YHXB boshligʻi, polkovnik M.Xudoyberganovning oʻtgan davr mobaynida viloyat hududida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari yuzasidan hisoboti tinglandi.
Yigʻilishda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi, polkovnik J. Saʼdullaev ishtirok etib, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, oʻtkazilayotgan profilaktik-targʻibot tadbirlari samaradorligini oshirish, shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonun talablariga qatʼiy rioya etish lozimligini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, har bir xodim qayd etib oʻtilgan kamchiliklardan toʻgʻri xulosa chiqarib olgan holda xizmatni tashkil etish, shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, ichki ishlar organlari obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi vaziyatlarni yuzaga keltirmaslik boʻyicha topshiriqlar berildi.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
