Buxoro viloyati IIBda navbatdagi matbuot anjumani oʻtkazildi. Anjuman shu yilning 9 oyi davomida viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida olib borilgan profilaktik tadbirlar va ularning natijadorligi, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlarga bagʻishlandi.

   Matbuot anjumanini Axborot xizmati boshligʻi, podpolkovnik Sh.Jalolov ochib berub, ishtirokchilarni kun tartibi bilan tanishtirdi. Shundan soʻng viloyat IIB boshligʻi, polkovnik M.Miralimov tizimda amalga oshirilayotgan manzilli chora-tadbirlar, sohani “Xalq manfaatlariga xizmat qiladigan ijtimoiy yoʻnaltirilgan professional tuzilmaga aylantirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Bundan tashqari, aholi muammolarini hal etishda “fuqarobay” ishlash orqali huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasini taʼminlash hamda “Xavfsiz hudud” tamoyili asosida jinoyatchilikni jilovlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlar taqdim etildi.

   Matbuot anjumani soʻngida sohaga taalluqli OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga boshqarma boshligʻi va tegishli sohaviy xizmat masʼullari tomonidan batafsil javoblar berildi.

M.AHADOV,

oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.