Bayram arafasida Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarixi muzeyi ochildi. Uning ochilishida faxriylar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

Xalqimizda xayrli amallarni unutmaslik, umrini ezgu ishlarga bagʻishlagan insonlarning xotirasini yod etish, abadiylashtirishdek yaxshi anʼana mavjud. Ayniqsa, xalqimizning tinchlik- osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olishdek ulugʻ ishga bosh qoʻshgan insonlarning xizmatlarini eʼtirof etish, kelajak avlodga ular haqida maʼlumot berish ham xayrli ishlardan. Ushbu ijobiy maqsadni koʻzlagan Sirdaryo viloyati IIB rahbariyati istiqlolimizning 30 yilligi bayramiga oʻziga xos toʻyona tayyorladi. Sirdaryo viloyati IIB tarixi, soha fidoyilari haqidagi maʼlumotlar, mustaqillik yillarida ichki ishlar organlari tomonidan qoʻlga kirtilgan yutuqlarni oʻz ichiga olgan muzey oʻz ishini boshladi.

Muzeyda shuningdek, jinoyatchilikka qarshi kurashish jarayoniga oid foto, media materiallar, eksponatlar oʻrin olgan. Zamonaviy interer va dizayn uslublari asosida shakllantirilgan muzey barchada katta taassurot qoldirdi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

Sirdaryo viloyati.