Nukus shahridagi avtotransport vositalari serqatnov boʻlgan A.Dosnazarov va A.Begimov koʻchalari kesishmasiga respublikamizning koʻplab hududlarida ommalashyotgan yangi turdagi svetofor oʻrnatildi. Mazkur svetofor harakat xavfsizligini taʼminlash va piyodalar harakatini tartibga solishda bir muncha afzalliklarga ega. Endilikda piyodalar oʻtishga tayyor boʻlgan vaqtda svetofor yonidagi maxsus tugmani bosish orqali undagi yashil chiroqni boshqarishi mumkin. Bu imkoniyati cheklangan kishilar va yosh bolali oilalar uchun yana bir qulaylik boʻlmoqda.
Azamat PIRNIYAZOV,
Oʻz muxbirimiz.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi.
