Fargʻona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda uning quyi boʻlimlari binolarida hashar oʻtkazildi. Binolar atrofi, hovli va ariqlar tozalandi, sugʻorildi, daraxtlarga shakl berilib, oqlandi, yangi gul koʻchatlari ekildi. Boshqarma hovlisi yanada obod va fayzli maskanga aylantirildi.

Hashar xodimlar oʻrtasidagi oʻzaro ahillik va hamjihatlik rishtalarini yanada mustahkamlashga ham xizmat qildi.

“Obodlik ostonadan boshlanadi”, deydi xalqimiz. Zero, bu kabi obodonlashtirish ishlari ostonamizni, jonajon Vatanimizni pokiza tutishda, ona tabiatimizni asrab-avaylashda beqiyos ahamiyatga egadir.

Abduvosit SIDIQOV,

Oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.