Braziliyalik sayyoh oʻzining ehtiyotsizligi oqibatida Iphone XR rusumli telefon apparatini yoʻqotib qoʻyganligi toʻgʻrisida “Registon” majmuasidagi XTTB xodimlariga murojaat qildi. Tezkor surishtiruv ishlari natijasida Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash guruhi inspektori katta leytenant Axtamov Ozod Axtamov va katta serjant Sharifa Tursunpoʻlatovalar tomonidan telefon apparati Amir Temur maqbarasi hududida tushirib qoldirilganligi aniqlandi va oʻz egasiga qaytarib berildi.

Oʻz muxbirimiz.