Jizzax viloyati Zafarobod tumani ichki ishlar boʻlimida xodimlar va ularning ota-onalari ishtirokida xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Mazkur jarayonda kuzatilgan ayrim kamchiliklar tilga olinib, qonunni buzish oqibatlari tushuntirilib, soha vakillarining oila aʼzolaridan farzandlarini oʻz burchini halol bajarishga undash, ularni qoʻllab-quvvatlash soʻraldi. Ilgʻor xodimlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
