Yaqinda IIV Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchilar, erkin kurash boʻyicha jahon chempionatining kumush va olimpiada oʻyinlari bronza medali sohibi Ixtiyor Navroʻzov hamda mazkur sport turi boʻyicha jahon chempionati va olimpiada oʻyinlarining bronza medallari sovrindori, shuningdek, “Shuhrat” medali sohibi Gʻulomjon Abdullayev ishtirok etib, oʻzlarining sportga kirib kelishi, xalqaro maydonlarda erishayotgan yutuqlari hamda davlatimiz tomonidan ularga yaratib berilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtishdi.
Uchrashuv davomida tinglovchilar ham bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi. Mazmunli oʻtgan tadbir yakunida esa, taʼlim muassasasi rahbariyati tomonidan mehmonlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Oʻz muxbirimiz.
