Yaqinda “Nafosat” MFYning maʼmuriy binosida Chilonzor tumani shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha uchinchi sektor rahbari – tuman IIO FMB boshligʻi podpolkovnik F. Jabarov tuman hokimining oʻrinbosari M. Mirsaidov bilan mahalla faollari, uy-joy kommunal xoʻjaligi vakillari va boshqalar bilan uchrashishdi. Uchrashuvda kuz-qishgi mavzsumga tayyorgarlik, kvartallar ichini koʻkalamzorlashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida koʻp qavatli uylarning isitish tizimini tekshirish, kvartallarni chiqindi va qurib qolgan shoxlardan tozalash zarurligi qayd etildi. Bundan tashqari, barcha xohlovchilar “dolzarb 40 kunlik” aksiyasida faol ishtirok etishga chaqirildilar.