Chilonzor tumanida jamoat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan “Poytaxt namunasi” loyihasi izchil amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida aholining tinchligini asrash va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Koʻp qavatli uylar yoʻlaklari va fuqarolar xonadonlariga zamonaviy “tashvish tugmalari” oʻrnatilmoqda. Bu favqulodda holatlarda tezkor guruhlarni zudlik bilan voqea joyiga yetib kelishini taʼminlaydi.

 Shuningdek, aholi oʻrtasida zamonaviy qoʻriqlash vositalaridan foydalanish va hushorlikni oshirish boʻyicha doimiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Mobil tashvish tugmalari orqali fuqarolarning mulkiy tajovuzlardan himoyalanish darajasi kuchaytirilmoqda. Ushbu tizimli ishlar Toshkentni yanada xavfsiz va barqaror megapolisga aylantirish, aholining davlatga va xavfsizlik tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

 Oʻz muxbirimiz,

 Toshkent shahri.