IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Toʻrtinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi va uning tasarrufida xizmat qilayotgan shaxsiy tarkib oʻrtasida stol tennisi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. 

Musobaqada ishtirokchilar bor mahorat va tajribalarini ishga solib, gʻoliblik uchun astoydil kurashdilar. Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar yakunida esa, 1-oʻrinni Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi psixologik taʼminlash guruhi psixologi, leytenant Javohir Samatov, 2-oʻrinni 2-sonli jazoni ijro etish koloniyasi tarbiyaviy ishlar boʻlimi katta inspektor-ijtimoiy xodimi, kapitan Dilshod Omonov, 3-oʻrinni 5-sonli tergov hibsxonasi tarbiyaviy ishlar guruhi katta psixologi, kapitan Kamoliddin Amirqulov qoʻlga kiritdi. 

Gʻoliblar diplom, faxrli yorliq va qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlandi.

Sherzod EShMURODOV,

kapitan.

Qashqadaryo viloyati.