Guliston shahar IIB JXX Terrorizm va odam savdosiga qarshi kurashish guruhi tezkor vakili, kapitan Islom Hazratqulovning jinoyat qidiruv faoliyati orqali yana bir odam savdosi bilan bogʻliq jinoyat fosh etildi.
Joriy yilning 17-may kuni oʻtkazilgan tezkor tadbirda Guliston shahar «Obod yurt» mahallasida yashovchi 21 yoshli qiz N. N.ni fohishalik uchun yollashayotgani yuzasidan tezkor maʼlumot olinadi.
Oʻzini «Charos» deb tanishtirgan ayol Dubay shahrida yaqin tanishlari borligi, ishga borsa, moʻmay pul topishini aytib qizni avragan. Unga aviachipta olib, avtomashinada Toshkent xalqaro aeroportiga olib borayotganida Sirdaryo yoʻl-patrul maskanida qoʻlga olingan. Odam savdosiga qoʻl urgan ushbu ayol hech qanday «Charos» emas, Guliston shahrida yashovchi 1993 yilda tugʻilgan Sh.M. ekani maʼlum boʻlgan.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
