IIV Malaka oshirish institutida “Mardlar qoʻriqlaydi vatanni” shiori ostida Kasbiy tayyorgarlik oʻquv-yigʻini hamda boshlangʻich tayyorgarlikdan oʻtayotgan tinglovchilar ishtirokida aralash jang sport turi boʻyicha oʻz vazn toifasida Osiyo va jahon chempioni Ramazonbek Temirov bilan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda soʻz olgan mazkur sportchi ichki ishlar organlari xodimi fuqarolarning haq-huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hamda jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlashda ularning jangovar va jismoniy shayligi doimo, yuqori darajada boʻlishi lozimligini taʼkidladi.
Chunki, osoyishtalik posbonlari xizmat faoliyati davomida turli ekstremal holatlarga duch kelishi, bunday vaziyatlarda esa u oʻz xavfsizligini taʼminlashi muhim sanaladi.
Shuningdek, R. Temirov tadbir davomida oʻzining hayot yoʻli, sport choʻqqilarini zabt etishdagi qiyinchilik va toʻsiqlarni mardonavor yengib oʻtganligi hamda qoʻlga kiritgan yutuqlari toʻgʻrisida ham batafsil toʻxtalib oʻtdi.
Savol-javoblarga boy tarzda oʻtgan ushbu tadbir barchada katta taassurot qoldirdi.
Oʻz muxbirimiz.
