Kattaqoʻrgʻon shahrida yashovchi fuqaro IIBga murojaat qilib, 2021-yil 27-dekabr kunidan 2022-yilning 03-yanvar kuni oraligʻida nomaʼlum shaxs uning qurilishi bitkazilmagan restorani omborxonasidan, taʼmirlash uchun olib kelingan umumiy bahosi 8 400 000 soʻm boʻlgan 132 dona idishlardagi boʻyoq va 4 dona yelim chelakdagi “travertin” qurilish mahsulotini yashirin ravishda talon-taroj qilib voqea joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar qilishicha, Kattaqoʻrgʻon shahar IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyat “qahramoni” aniqlandi. U Kattaqoʻrgʻon shahar Gʻarib machit mahallasida yashovchi X.S. boʻlib chiqdi. Va X.S. tanishiga sotgan 34 dona boʻyoqlar tegishli tartibda daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon shahar IIB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Gulnoza TURGʻUNBOYEVA,
«Postda» muxbiri.
Samarqand viloyati.
