Toyloq tumanida ham koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini koʻzda tutuvchi “Yashil makon” loyihasi doirasida ishlar qizgʻin davom etmoqda. 

 Sektor rahbarlari, masʼul korxona va tashkilot xodimlari, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari “Dolzarb 40 kunlik” daraxt ekish aksiyasida faol va uyushqoqlik bilan ishtirok etishmoqda.

Toyloq tumanida aksiya doirasida noyabr-dekabr oylarida 18 ming 890 tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan.