Yoshlar – jamiyatning kelajagi, taraqqiyotimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchi. Shu boisdan, ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot, ularning muammo va takliflarini tinglash, fikr almashish juda muhim ahamiyatga ega.

Shu maqsadda Yunusobod tumani IIO FMB boshligʻi, podpolkovnik M.Saydazimov tomonidan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda yoshlar taʼlimi, bandligi, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, internetdan toʻgʻri foydalanish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, taklif va tashabbuslarini bayon etishdi. Namunali yoshlarga sovgʻalar va tashakkurnomalar topshirildi.

Bunday ochiq muloqotlar yoshlarda rahbarlarga boʻlgan ishonchni mustahkamlaydi, ularni faol fuqarolik pozisiyasiga ega boʻlishga undaydi.