Fargʻona shahrining Quvasoy koʻchasida joylashgan dorixonada oʻgʻrilik sodir boʻldi. Bu haqida viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, nomaʼlum shaxs dorixonaga gʻayriqonuniy ravishda kirib, 2 million 500 ming soʻmlik notebook, 900 ming soʻmlik kuzatuv kamerasining xotira diski, 500 ming soʻmlik temir seyf, 3 million 200 ming soʻm va 100 AQSh dollari miqdoridagi pulni oʻgʻirlab ketgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIOFMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tezkor-surishtiruv ishlari olib borildi. Natijada oʻgʻri topildi. Ushbu jinoyatni sodir etgan M.I. prosessual tartibda ushlandi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
