Qoʻshkoʻpirlik M.R. tanishiga tegishli boʻlgan “Nexia 3” rusumli avtomashina eshigini sim bilan ochib, salonda boʻlgan 4 million 550 ming soʻm pul va 2 ming 100 AQSH dollarini oʻgʻrilab ketadi. Voqeadan xabar topgan jabrlanuvchi darhol ichki ishlar boʻlimiga xabar qildi. Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida M.R. ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Ayblanuvchi istiqomad qilayotgan mahallada jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻshkoʻpir tuman sudi tomonidan ochiq sayyor sud yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda M.R.ning qilmishi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi. Sayyor sudda jinoyatga qoʻl urgan bu kimsaga, oylik ish haqining 20 foizini davlat hisobiga ushlab qolgan holda, 2 yil muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qildi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
