Kuni kecha IIV Qorovul qoʻshinlari harbiy xizmatchilari oʻrtasida anʼanaviy oʻtkazilib kelinayotgan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlariga start berildi. Qashqadaryo viloyatida joylashgan 7533-harbiy qismga qarashli “Qoʻngʻirtogʻ” dala oʻquv maydonida boshlangan ushbu tadbirni qoʻshinlar qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari-shtab boshligʻi, polkovnik U. Jabborov ochib, barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Endilikda bellashuvlar qizgʻin va murosasiz tarzda boʻlib oʻtmoqda.
Oʻz muxbirimiz.
