IIV Jamoat xavfsizligi departamenti hamda Malaka oshirish instituti masʼul xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar organlari patrulʼ-post xizmati saf boʻlinmalari xodimlari uchun “E-patrul” tizimi, planshet va bodikameralardan foydalanish tartibi boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil etildi. 

Termiz shahar hamda Denov tumani ichki ishlar boshqarmalari va IIV Surxondaryo akademik litseyida sayyor tarzda oʻtkazilgan oʻquv-seminarlarda PPX saf boʻlinmalari xodimlarining jamoat joylarida fuqarolarning shaxsini elektron texnik vositalar, shu jumladan, planshet orqali aniqlash, xodimlarning fuqarolar bilan oʻzaro muloqotini qayd etib borish, “E-patrul” tizimidan foydalanish tartibi hamda xodimlarning mazkur tizimdan foydalanish jarayonidagi majburiyatlari haqida tushuncha berildi. Shuningdek, bodikamera orqali qayd etilgan maʼlumotlarni hisobga olish va saqlash tartibi boʻyicha xodimlarning kasbiy bilim va koʻnikmalari oshirildi. 

Mashgʻulotlar soʻngida har bir mavzu yuzasidan yakuniy nazorat imtixonlari qabul qilinib, muvaffaqiyatli tamomlaganlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri,

Surxondaryo viloyati