IIV Buxoro akademik litseyida viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi hamkorligida ilmiy-amaliy koʻrgazma tashkil etildi. Dastavval, litsey oʻquvchilarining kasbga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida ekspert-kriminalistika xizmatida mavjud harakatlanuvchi mobil kriminalistik laboratoriyadagi texnik vositalar namoyishi oʻtkazildi. Jarayonda uchuvchisiz uchish apparatining imkoniyatlari, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izidan” ochishdagi roli, ommaviy tartibsizliklar sodir etilganda amalga oshiriladigan ishlar tartibi ва ketma-ketligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shundan soʻng litsey oʻquvchilari bilan ekspertiza turlari, ekspertiza oʻtkazish uchun asoslar, ekspertizaga taqdim etiladigan obyektlar haqida soʻz yuritilib, oʻquvchilarning bu boradagi bilimlarini oshirish maqsadida savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
B.FATULLAYEV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
