Viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari uchun “Sayyor Akademiya” oʻquv dasturi asosida mashgʻulotlar oʻtkazildi. Mashgʻulotlarda IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi maʼsul xodimi, mayor Aybek Yusupov, IIV Akademiyasining kriminalistik ekspertizalar kafedrasi boshligʻi, podpolkovnik Anvar Xusanov va mazkur kafedra katta oʻqituvchisi, kapitan Azizxon Oppoqxonovlar xodimlarga kriminalistik ekspertizalarni oʻtkazishdagi protsessual, metodik va texnik talablar boʻyicha tushunchalar berishdi.

E.RAJABOV,

podpolkovnik.

Buxoro viloyati.