Buxoro viloyati IIB EKM tashabbusi bilan shahar va tuman prokuraturasi tergovchilari hamda IIB JXX YHXB xodimlarining kasbiy mahorati va malakasini oshirish boʻyicha oʻquv seminar mashgʻulotlari tashkil etildi. Unda qidiruv surishtiruv yoʻnalishida xodimlarning malakasini oshirish borasida soʻz yuritildi. Shuningdek, harakatlanuvchi mobil kriminalistik laboratoriya va unda mavjud texnik vositalar, uchuvchisiz uchish apparatining imkoniyatlari, dalillarni topish, olish va qayd etish uchun qoʻllaniladigan texnik kriminalistik vositalar, metodlarning turlari, jinoyatlarni ochish va tergov qilishda kriminalistik texnikaning oʻrni ham tushuntirib oʻtildi.
J.SHARIPOV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
