Vobkent tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori, katta leytenant Jahongir Xayrullayev namunali xizmat olib borayotgan xodimlardan biri. U 2021 yil IIV Akademiyasini tugatgan.
– Jahongirjon bilan hamjihatlikda bir yildan beri ishlayapmiz. Mahallamiz tinch-osoyishta, jinoyatchilikdan xoli, “yashil” hudud. Qolaversa, raisimiz Mirzohid Halimovning ham ichki ishlar sohasida ishlagani qoʻl kelmoqda, – deydi “Shirin” MFY hokim yordamchisi Jamshid Rasulov.
Darhaqiqat, katta leytenant J.Xayrullayev isteʼfodagi podpolkovnik Mirzohid Halimovdan sohaga oid tajribalarini boyitib bormoqda. Fuqarolar muammolarini oʻrganish, aniqlanganlarini oʻz vaqtida ijobiy hal etish, notinch oilalar hamda alohida eʼtibor qaratilishi lozim boʻlgan shaxslar bilan profilaktik ishlar olib borishda maslahatlashib, xizmat faoliyatini davom ettirmoqda. U oʻz tanlagan kasbini sevadi va bundan faxrlanadi.
Mirzoqul AHADOV,
oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
