IIV Fargʻona akademik litseyi mutasaddi rahbarlari va oʻqituvchilari tomonidan maktablarni aʼlo baholarga tamomlayotgan oʻquvchilarni sohaga qiziqtirish va litseyga jalb qilish, shuningdek, ular orasidan munosib nomzodlarni tanlab olish boʻyicha targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazilmoqda.
– Ushbu targʻibot tadbirlari yuqori saviyada tashkil etilayotganligi natijasida maktablarni aʼlo baholarga tamomlayotgan 270 nafardan ortiq oʻquvchi litseyga jalb qilinib, ularning arizalari oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilmoqda, – deydi direktor oʻrinbosari, mayor Suhrobjon Mirzayev. – Vazirlikning barcha litseylari hamda Temurbeklar maktablariga nomzodlarni qabul qilish boʻyicha joylarda targʻibot burchaklari ham tashkil etilgan. Maqsadimiz, oʻquv maskanimizga har tomonlama bilimli oʻquvchilarni jalb qilishdan iborat. Bu esa kelajakda sohani munosib kadrlar bilan toʻldirishda muhim omil boʻladi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
