IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qism jamoasi 2022-2023-oʻquv yili yakuni hamda jangovar shaylik, harbiy intizom va xizmat faoliyati natijalariga koʻra, qoʻmondonlik miqyosida oʻtkazilgan “Eng ilgʻor qoʻshilma” nominasiyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Shu munosabat bilan ushbu harbiy qismga qoʻshinlar qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari – shtab boshligʻi, polkovnik U. Jabborov kelib, mazkur sovrinni qism komandiri, polkovnik R. Rozumovga tantanali ravishda topshirdi.

Polkovnik U. Jabborov yosh askarlar bilan uchrashib, ularning xizmatga koʻnikish jarayonidagi muammolar bilan ham qiziqdi. Shuningdek,bu borada oʻzining tavsiyalarini ham berib oʻtdi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.