Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan psixolog xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi psixolog” tanlovi oʻtkazildi. Tanlovda ishtirokchilarning targʻibot-tashviqot ishlari, trening, seminar, konferensiya va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtiroki hamda psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan “Eng yaxshi psixolog” tashrif qogʻozi, videorolik namoyishi, psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan gʻoyalari, bilim va tajribasi sinovdan oʻtkazildi.
Yakuniy natijalarga koʻra, 1-oʻrinni viloyat IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi psixologi, kapitan M.Joʻrayeva, 2-oʻrinni IIV Surxondaryo akademik liseyi psixologi X.Bekmuratova, 3-oʻrinni viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi psixologik taʼminlash guruhi katta psixologi, leytenant S.Himmatov egalladi.
Gʻoliblar tanlovning respublika bosqichi yoʻllanmasiga ega boʻldi.
Feruza RAHMONQULOVA,
oʻz muxbirimiz.
Surxondaryo viloyati.
