“Dolzarb 50 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida viloyatni xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish borasida keng koʻlamli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Kogon shahri ichki ishlar organlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar masalalari boʻyicha masʼullar tomonidan Buxoro mintaqaviy temir yoʻl uzeli ishchi-xodimlari hamda Buvijonlar maktabi aʼzolari bilan oʻtkazilgan tadbirda jinoyat qurboniga aylanib qolmaslik boʻyicha tushuntirildi. Shuningdek, notinch oilalar muhitini sogʻlomlashtirish, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishga doir targʻibotlar olib borildi.
X.TOYIROVA,
mayor.
Buxoro viloyati.
