Urganch shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan oʻtkazib kelinayotgan «Yil ayoli» va «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlov yakuniga koʻra, Tuproqqalʼa tumani IIB HPB xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, podpolkovnik Shahnoza Botirova «Yilning eng vatanparvar ayoli» nominatsiyasi gʻolibi deb topildi.

– Yil davomida mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash tuman boʻlimi xo­dimlari bilan hamkorlikda mahallalarda, oʻquv muassasalarida, korxona-tashkilotlarda xotin-qizlar oʻrtasida jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, ish bilan taʼminlash boʻyicha muayyan ishlar amalga

oshirildi, – deydi podpolkovnik Shahnoza Botirova. – Natijada tuman hududida istiqomat qiluvchi xotin-qiz­larning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yaxshilanib, ular tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishi keskin kamayishiga erishildi.

Oʻz muxbirimiz.