Kun qahramoni
Shofirkon tumani IIB xodimlari ayni kunlarda oʻtkazlayotgan “Qoradori–2024” tezkor profilaktik tadbirida faol qatnashmoqda. Tadbirlar davomida giyohvand moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga doir bir qator jinoiy holatlarga chek qoʻyildi.
Yaqinda “Mazlaxon Chandir” mahalla fuqarolar yigʻini profilaktika katta inspektori, mayor Farrux Irgashev shu hududda yashovchi Q.B.ning tomorqa yerida 34 tup kannabis giyohvandlik oʻsimligini yetishtirganligini aniqladi. Shuningdek, uning yashash xonadoni koʻzdan kechirilganda, 435 gramm marixuana giyohvandlik vositasi chiqdi.
Mayor Farrux Irgashev ikki yildan beri mahalla faollari bilan ogʻzi birlikda ishlab kelyapti. Ularning xonadonma-xonadon yurib, olib borayotgan targʻibotu tashviqot, profilaktik ishlari natijasida mahalla “yashil” toifada. Mahallaning 1130 tadan ortiq oilasi ishli, kasb-korli. Qolaversa, dehqonchilik va chorvachilik borasida qoʻshni mahallaliklarni ortda qoldirishadi. Bu ishlarda lavhamiz qahramonining xizmati katta. Uning xizmatidan esa aholi minnatdor.
Mirzoqul AHADOV,
oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
