Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov Fargʻona viloyati boʻlib, transport va turizm obʼektlarida sodir etilayotgan huquqbuzarliklar, baxtsiz hodisalar, oʻz joniga qasd qilish, poyezd vagon oynalariga tosh otish va boshqa noxush hodisalarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda ishtirok etdi.

Yigʻilish yakunida xizmat faoliyatida ijobiy natijalarga erishgan, temir yoʻl bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarni oldini olishda faol ishtirok etgan bir guruh temir yoʻl ishchi-xizmatchilari hamda Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shundan soʻng, vazir oʻrinbosari Qoʻqon va Margʻilon temir yoʻl vokzallarida boʻlib, bu yerda yoʻlovchilar va xizmat olib borayotgan xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shu bilan birga, Oxunboboyev boʻlinmasi faoliyati bilan tanishib, yuk vagonlarini saralashda bevosita ishtirok etdi. Xodimlarga zarur koʻrsatma va topshiriqlar berdi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.