Surxondaryo viloyatida “Oʻzbekiston yoshlari forumi – 2021” haftaligi doirasida “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Koʻrik-tanlovning hududiy bosqichida bilim va koʻnikmalari, liderlik qobiliyati, amalga oshirgan loyihalari va xizmat faoliyatida erishgan natijalari boʻyicha saralangan yetakchilar 4 ta shart asosida bellashishdi. 

Muhimi, bellashuvda viloyat IIB yoshlar yetakchisi, katta leytenant Begzod Qurbonaliev gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin DXX Chegara qoʻshinlari 9232-harbiy qism yoshlar yetakchisi A.Inoqjonov, 3-oʻrin Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism yoshlar yetakchisi Valijon Bozorboevlarga nasib qildi. 

Katta leytenant B.Qurbonaliev tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.