Jizzax viloyati IIBda tizim vakillarining qonunbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashishga qaratilgan 9 oylik faoliyati muhokama etildi. Viloyat IIB, hududiy ichki ishlar boshqarma va boʻlimlari hamda sohaviy xizmatlar rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari ishtirokida oʻtgan yigʻilishni viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov boshqarib bordi.

Tadbirda jinoyatlar oshishiga yoʻl qoʻyilgan hududlar ichki ishlar organlari rahbarlarining masalaga oid hisobotlari tinglandi. Oʻz navbatida masʼullarga vaziyatni oʻnglash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl harakati xavfsizligi, tashkiliy hamda jinoyat qidiruv xizmatlari boshliqlarining axboroti eshitildi.

Tadbirda sektorlarda faoliyat samaradorligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash masalalariga ham eʼtibor qaratildi. Tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilish yakunida tegishli qarorlar qabul qilinib, rejalar belgilab olindi.

Alijon ABDUSATTOROV,

oʻz muxbirimiz.