Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumani markazida IIB tashabbusi bilan davlat tashkilotlari hamda aholi ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Tadbirda tuman mahallalarida roʻy bergan bir qator jinoyatlar va ularni keltirib chiqargan sabablar tahlil etildi.
Oʻz navbatida qonunbuzarliklarning oldini olish maqsadida uyma-uy yurib, muammolarni aniqlash va bartaraf etish, mahalla beshligi tomonidan aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan choralarni kuchaytirish, odamlar toʻplanadigan joylar, tashkilot, muassasa hamda savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalariga kuzatuv kameralari oʻrnatish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jamoatchilik nazoratini oshirish yuzasidan takliflar bildirildi. Yakunda jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid rejalar belgilab olindi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
