Mamlakatimizda har yili “Navroʻz” bayramiga munosib tayyorgarlik koʻrish, hududlarni obodonlashtirish maqsadida umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish anʼana tusiga kirgan. Bugun ham Navoiy viloyati IIBda oʻtkazilgan hasharda xodimlar faol ishtirok etishdi. Tadbir chogʻida ariqlar tozalandi, daraxtlarga shakl berildi, boʻsh yerlarga gul koʻchatlari oʻtqazildi. Bino ichkarisida ham tozalash ishlari olib borildi. 

Umumxalq hashari hududlarni obodonlashtirish barobarida sanitariya-epidemiologiya holatini yaxshilashda, shuningdek jamoa aʼzolarining jipslashishida muhim ahamiyat kasb etdi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. 

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.