Navoiy viloyati Qiziltepa tumanilik I. Farmonov ham oilasi bagʻriga qaytdi. Viloyat IIB JXX Probatsiya boshqarmasi xodimlari hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda uning xonadoniga borib, moddiy-ijtimoiy yordam koʻrsatishdi. Suhbat asnosida unga kelgusida foydalanishi mumkin boʻlgan huquqlari tushuntirildi.
– Jazoni oʻtash davrida ozodlikning qadriga yetdim. Meni afv etganliklari uchun Prezidentimizdan cheksiz minnatdorman. Endi halol mehnat qilib, jamiyatda oʻz oʻrnimni topaman, – deydi I. Farmonov. I. Akbarov giyohvandlik vositalari savdosiga aralashib qolgani sabab jazo oʻtayotgan edi. Bayram arafasida Yurtboshimizning Farmoni bilan ozodlikka chiqdi. Xatosini anglab yetgani uning koʻzlaridan bilinib turardi.
Navbahorlik Sh. Mamarasulov ham davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatidan bebahra qolmadi. Unga tuman IIB probatsiya guruhi xodimlari hayotga moslashishida har tomonlama koʻmaklashishmoqda. Jumladan, roʻzgʻor uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Mabodo kelgusida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan boʻlsa, bankdan qanday qilib imtiyozli subsidiya olishi borasida yoʻl-yoʻriqlar koʻratildi.
Oʻylamizki, afv etilgan yurtdoshlarimiz kechirimlilikning qadriga yetib, yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, oʻzlariga bildirilgan ishonchni oqlaydilar.
Mahliyo XOLOVA,
oʻz muxbirimiz.
