Viloyatning 3-sektoriga qarashli Gʻijduvon hamda Shofirkon tumanlarida davlatimiz rahbarining “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyatini oʻrganish yuzasidan oʻquv-amaliy seminarlar oʻtkazildi. 

Shu kunning oʻzida ikkala tumanda ham “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturining ijrosini taʼminlash, mahallalarga biriktirilgan mutasaddi rahbarlarning kundalik ish faoliyatini nazorat qilish hamda monitoringini yuritish maqsadida tezkor shtab faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Masʼullardan iborat ishchi guruh oʻz ishini boshladi.

Sh.JALOLOV, 

podpolkovnik.