Sirdaryo viloyat IIB boshligʻi Sanjar Jabborov Sirdaryo tumani «Islomobod» mahallasida istiqomat qilayotgan ichki ishlar organlari faxriysi, isteʼfodagi polkovnik Ergash ota Abduqodirov xonadonida boʻldi. Nuroniy otaxon bilan bir piyola choy ustida dildan suhbat qurildi. «Keyingi yillarda keksalarni eʼzozlab, ularga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, munosib turmush kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi», — dedi viloyat IIB boshligʻi. 

Masʼullar Ergash ota Abduqodirovning uy muzeyi hamda kutubxonasi bilan tanishishdi. Sanjar Jabborov muzey bilan tanishar ekan, bu joy ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar uchun maʼrifat maskaniga aylanishi lozimligi borasida taklif va tavsiyalarini berdi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

oʻz muxbirimiz.

Sirdaryo viloyati.