Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Tibbiyot boʻlimining soʻlim goʻshasida vazirlik faxriylari uchun bayram dasturxoni yozildi.
Istiqlolimizning 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik A.Temirxanov ochib, barchani bayram bilan qizgʻin muborakbod etdi. Shuningdek vazir mustaqillik yillarida boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga ham toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng faxriylarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining turli mukofot va esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi.
Bayram tadbiri Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIVning “Orol yulduzlari” jamoasi va madaniyat xodimlarining konsert dasturi bilan davom etdi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
