Tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan uch avlod uchrashuvlari xizmat natijadorligini oshirishda oʻz samarasini koʻrsatayotgani ayni haqiqat. Ayniqsa, koʻp yillar sohada xizmat qilib, ayni kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylarning oʻgit va tavsiyalari yosh xodimlar uchun dasturulamal boʻlmoqda. 

“Intizom oyligi” doirasida Konimex tumani IIBda tashkil etilgan uch avlod uchrashuvida soha faxriylari, malakali xodimlar va endigina xizmat faoliyatini boshlagan yoshlar qatnashdilar. Uchrashuvda faxriy ustozlarning xizmat faoliyati bilan bogʻliq hikoyalarini oʻrta va yosh avlod vakillari katta qiziqish bilan tinglashdi. Ularga keksa avlod vakillari kelgusida asqatadigan qimmatli maslahatlar berishdi.

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.