Maʼnaviyat oyligi doirasida Fargʻona viloyatining Toshloq tumani IIBda faxriylar, yosh xodimlar va ularning ota-onalari ishtirokida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.

Tadbirda viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi podpolkovnik Arabboy Usmonov, tuman IIB faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi kapitan Halimjon Rahmonov va tizimda ishlab nafaqaga chiqqan bir guruh faxriylar qatanashib, yoshlarga oʻz maslahat va oʻgitlarini berishdi.

Shuningdek, soha xodimlari oʻrtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, turli salbiy holatlarning oldini olish, IIB rahbariyati va ota-onalar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada yaxshilash borasida oʻzaro fikr almashildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.