“Keksalar haftaligi” doirasida Yunusobod tumani IIOFMB tashabbusi bilan Toshkent xalqaro universitetida talabalar va IIO faxriylari uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbirda faxriylar talabalik, xizmatga ilk bor qadam qoʻygan, keyingi faoliyat davrlarini eslashib, bugungi kunda yaratilgan imkoniyat va sharoitlar hamda tinchligimizni qadriga yetishlarini taʼkidlashdi. Tadbir soʻngida talabalar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan faxriylarga yuzlanishdi. Shu tariqa uchrashuv qizgʻin fikr-mulohazalarga boy tarzda oʻtdi.

 Oʻz muxbirimiz.

 Toshkent shahri.