Xalqimiz azaldan nuroniylarni eʼzozlab, ularga yuksak ehtirom ila hurmat koʻrsatib keladi. Tabarruk yoshdagi insonlarning holidan xabar olish, ularning ogʻirini yengil qilish va nasihatlariyu duolarini olish xalqimizga xos fazilatlardandir.

Peshku tumani IIB rahbariyati tomonidan ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan bir qator mehnat faxriylari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan faxriylar holidan xabar olindi. Shuningdek, faxriylarning muammo va takliflari oʻrganildi. Soha faxriylari koʻrsatilgan bunday eʼtibor va gʻamxoʻrlik uchun cheksiz minnatdorchilik bildirishdi.

O.XALOQOV,

katta leytenant.

Buxoro viloyati.