Boshqarma boshligʻi hamda hududiy ichki ishlar boʻlimi rahbarlari Urganch shahrida yashayotgan sud-huquq tizimi faxriysi Oʻktam ota Rahimov xonadonida boʻlishib, unga bayram sovgʻalarini topshirdi. Samimiy suhbat davomida yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik naqadar muhim ekanligi shukuronalik bilan tilga olindi. Oʻktam ota koʻrsatilayotgan bunday eʼtibor uchun viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi. 

  Shu kuni general-mayor D. Nazarmuhamedov isteʼfodagi mayor Safarboy Hasanovning ham xonadoniga borib, oʻttiz yil davomida jinoyatchilikka qarshi kurashishda fidoyilik bilan xizmat qilgan otaxon ayni keksalik davrida toʻshakka mixlanib qolgan boʻlsa-da, u hamon osoyishta kunlarning qadriga yetib, shukuronalik hissi bilan yashayotganini izhor etdi. Otaxon bugungi kunda nuroniylar va mehnat faxriylariga yaratilgan sharoitlar, eʼtibor va gʻamxoʻrliklardan gʻoyat mamnun ekanligini taʼkidladi. Safarboy otaning harakatlanishida muammolar boʻlgani bois, boshqarma boshligʻi unga nogironlik aravachasi sovgʻa qildi. Shuningdek, general-mayor Davron Nazarmuhamedov boshchiligidagi hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari isteʼfodagi podpolkovnik marhum Hasanboy Husainov, akademik Ozod Masharipov, Oʻzbekiston xalq artisti Gulora Rahimova, xalq taʼlimi fidoyisi Shokir Razzoqov, tarixshunos olim Komil Nurjonovlarning ham xonadonida boʻlib, ularni istiqlol ayyomi bilan samimiy qutlashdi. 

  Bunday tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.

                                Xudoybergan JABBOROV,

                                    “Postda” muxbiri.