Xorazm viloyati Iibda shaxsiy tarkibning bilim va kasbiy mahoratini oshirishga bagʻishlangan navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Yigʻilishni viloyat IIB MMI va KBTX boshligʻining oʻrinbosari, mayor SH.Ibragimov ochib, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilik talablariga rioya etishi, kasbga boʻlgan sadoqati, qoʻlga kiritayotgan yutuqlari kundalik xizmat faoliyatida namoyon boʻlayotganini taʼkidlab oʻtdi.

Yigʻilishda xizmat vazifasini bajarishga masʼuliyat bilan yondashib, samarali natijalarni qoʻlga kiritayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlariga navbatdagi maxsus unvonlar hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Xudoybergan JABBOROV,

“Postda” muxbiri.

Xorazm viloyati.