Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasida “25-oktabr-ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Bayram kechasini viloyat IIB boshligʻi, polkovnik A. Shermuxamedov ochib, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi islohotlar, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash borasidagi ishlar samarali natijalar berayotgani, bunday muhim vazifalarni amalga oshirishda har bir ichki ishlar organlari xodimlarining munosib hissasi borligini alohida taʼkidladi va tadbir ishtirokchilarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi. Shuningdek, Prezidentimiz Farmoniga muvofiq Urganch shahar IIB PPX otryadi boʻlinma komandiri, serjant Taganov Rasulbek Sobirovichning “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlanganini alohida eʼtirof etib oʻtdi.
Shundan soʻng xizmat vazifasini bajarishga masʼuliyat bilan yondashib, samarali natijalarga erishayotgan va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda fidoyilik koʻrsatayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari hamda faxriylariga IIVning “Faxriy yorliq”lari, koʻkrak nishonlari, esdalik qoʻl soatlari, navbatdagi maxsus unvonlar hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
