Bugun yurtimizning barcha hududlarida bayram shukuhi kezib yuribdi. Hamyurtlarimizning yuzu koʻzida shodlik, shukronalik hissi mujassam. Joylarda Mustaqilligimizning 30 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlar oʻtkazilyapti.
Navoiy viloyati IIBda tashkil etilgan bayram tadbirida boshqarma boshligʻi, polkovnik A. Tasbaev shaxsiy tarkibni va soha faxriylarini eng ulugʻ, eng aziz bayramimiz bilan samimiy qutladi. Boshqarmaning bir guruh fidoyi xodimlari Prezidentimizning Farmoniga koʻra turli davlat mukofotlari bilan taqdirlangan edi. Polkovnik A. Tasbaev orden va medallarni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlarini, shuningdek maxsus unvonlarni oʻz egalariga topshirar ekan, ularga sharafli, ayni paytda masʼuliyatli faoliyatlarida zafarlar tiladi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
